QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI INVESTITSION FAOLIYAT OB’EKTI SIFATIDA

Authors

  • Nazarov Akbarjon Author
  • Bozorov Dilshod Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: qimmatli qog‘ozlar bozori, investitsion faoliyat, iqtisodiyot, sarmoyador, investitsiya, moliyaviy resurslar, bozor infratuzilmasi, risklar, iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik.

Abstract

Annotatsiya: Qimmatli qog‘ozlar bozori zamonaviy iqtisodiy tizimda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, investitsion faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘riladi. Zamonaviy jamiyatda iqtisodiyotning rivojlanishi, ishlab chiqarish sohalarining kengayishi, ichki va tashqi sarmoyaviy oqimlarning ko‘payishi aynan qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Mamlakat iqtisodiy hayotida pul mablag‘larining samarali taqsimoti, moliyaviy resurslarning erkin harakatlanishi va investitsiyalarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni aynan mana shu bozor yaratadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy vazifasi – investitsion vositalarni tartibga solish, mavjud moliyaviy resurslarni iqtisodiyot sohalariga oqilona yo‘naltirish va investorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Published

2026-02-24