ORTODONTIYANING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar:ortodontiya, dentofasiyal anomaliyalar, tish harakati, jag‘ suyaklari, okklyuziya, ortodontik davolash, yuz estetikasiAbstract
Annotatsiya:Mazkur tezis ortodontiyaning stomatologiya fanidagi tutgan o‘rni va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Unda dentofasiyal anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, ularni diagnostika qilish, oldini olish va davolashning zamonaviy usullari ilmiy asosda bayon etilgan. Ortodontik davolash jarayonida tishlar va jag‘ suyaklarining o‘sishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, tish harakatlarining sagittal, vertikal va transversal yo‘nalishlari tavsiflangan. Shuningdek, bolalar va o‘smirlar davrida ortodontik aralashuvlarning samaradorligi, og‘iz ichki va og‘izdan tashqari mexanik kuchlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tezisda ortodontiyaning yakuniy maqsadi sifatida funksional muvozanatni tiklash, optimal okklyuziyani ta’minlash hamda yuz estetik ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalalari asoslab berilgan.