ATEROSKLEROZ RIVOJLANISHIDA LIPID ALMASHINUVINI BUZILISHLARI.

Authors

  • Teshaboyev Javlonbek Abdullajon o'g'li Author
  • Sobirova Marvarida Author

Keywords:

Kalit soʻz. Ateroskleroz, lipid almashinuvi, dislipidemiya, xolesterin, Past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP), yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YZLP), ateromatoz blyashkalar.

Abstract

  Annotatsiya. Ateroskleroz yurak-qon tomir kasalliklari orasida yetakchi o‘rinni egallab, uning rivojlanishida lipid almashinuvi buzilishlari asosiy patogenetik omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada lipid metabolizmining asosiy komponentlari xolesterin, triglitseridlar, past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP), yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YZLP) va ularning ateroskleroz jarayonidagi roli tahlil qilinadi. Dislipidemiya natijasida tomir devorida lipidlarning to‘planishi, ateromatoz blyashkalar hosil bo‘lishi va endoteliy funksiyasining buzilishi mexanizmlari yoritib beriladi. Shuningdek, genetik omillar, ovqatlanish xususiyatlari, metabolik sindrom va insulin rezistentligi kabi xavf omillarining lipid almashinuvi buzilishlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada aterosklerozning oldini olish va davolashda lipid almashinuvini normallashtirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinadi.

Published

2026-02-24