BACHADON MIOMASI
Keywords:
Kalit Soʻzlar: Bachadon miomasi, leyomioma, gormonal regulyatsiya, progesteron retseptorlari, 3D-UTT, MRT, laparoskopik miomektomiya, BAE, bepushtlik, menorragiya, proliferatsiyalanuvchi mioma.Abstract
Annatatsiya: Bachadon miomasi (leiomioma) — ayollar reproduktiv tizimida eng ko‘p uchraydigan yaxshi sifatli o‘sma bo‘lib, u bachadon miometriysining silliq mushak hujayralaridan rivojlanadi. Ushbu kasallik ko‘pincha 30–50 yosh oralig‘idagi ayollarda aniqlanadi va gormonlarga sezgirligi tufayli estrogen va progesteron darajasining o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Mioma tugunlari o‘lchami, soni va joylashuviga ko‘ra turlicha klinik belgilarni namoyon etadi: hayz siklining buzilishi, bachadon bo‘shlig‘idan ko‘p qon ketish, qorin pastida og‘riq, siydik chiqarish va ichak faoliyati buzilishi, shuningdek, reproduktiv funksiyaning izdan chiqishi. Miomaning etiologiyasi murakkab bo‘lib, genetik moyillik, gormonal disbalans, metabolik sindrom, semizlik va ekologik omillar bilan bog‘liq.Mazkur maqolada bachadon miomasining kelib chiqish mexanizmlari (patogenezi), o‘sma to‘qimasining gormonga sezgirligi, hujayra darajasidagi o‘zgarishlar, o‘sish bosqichlari hamda degenerativ jarayonlar keng yoritiladi. Shuningdek, miomaning zamonaviy tasnifi, UZI, MRT, gisteroskopiya kabi instrument tekshiruvlar asosida tashxis qo‘yish usullari batafsil bayon etiladi. Davolash yondashuvlari sifatida dori vositalari bilan konservativ terapiya, jarrohlik usullari (miomektomiya, histerektomiya), minimal invaziv amaliyotlar — uterin arter embolizatsiyasi va laparoskopik texnologiyalarning afzalliklari tahlil qilinadi.