TISH KARIESINING OLDINI OLISHDA FTOR PROFILAKTIKASINING AHAMIYATI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

Authors

  • Karimjonova Begoyim Davronbek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Tish kariesi, ftor profilaktikasi, gidroksiappatit, ftorapatit, demineralizatsiya, remineralizatsiya, KPU indeksi, tish emali, stomatologik salomatlik, O‘zbekiston tibbiyoti, kariostatik ta’sir.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu tadqiqot stomatologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri — tish kariesining oldini olishda ftoridli birikmalarning o‘rni va ularning klinik samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ftor ionlarining tish emali bilan o‘zaro ta’siri, ftorapatit shakllanishining biofizik va biokimyoviy mexanizmlari, demineralizatsiya jarayonini to‘xtatishdagi roli batafsil bayon etilgan. O‘zbekistonning turli biogeokimyoviy hududlarida (Toshkent, Farg‘ona vodiysi va Orolbo‘yi mintaqalari) o‘tkazilgan epidemiologik kuzatuvlar asosida tish kariesining tarqalish darajasi va tabiiy muhitdagi ftor miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan. Tadqiqotda mahalliy va tizimli ftorlash usullarining afzalliklari va cheklovlari qiyosiy ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ftorli laklar, gellar va tish pastalaridan tizimli foydalanish karies intensivligini (KPU ko‘rsatkichini) 50% gacha kamaytirish imkonini beradi. Maqola yakunida aholi salomatligini saqlashda stomatologik profilaktika dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Published

2026-02-24