HINDIY TILIDA OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Hindiy tili, og‘zaki nutq, sun’iy intellekt, nutqni tanib olish (ASR), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashinaviy o‘rganish, talaffuz, til o‘qitish texnologiyalari.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada hindiy tilida og‘zaki nutqni rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Hindiy tilining fonetik, grammatik va dialektal xususiyatlari ko‘rib chiqilib, og‘zaki nutqni shakllantirishdagi qiyinchiliklar aniqlanadi. Nutqni tanib olish (ASR), nutq sintezi (TTS), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) hamda mashinaviy o‘rganish algoritmlarining imkoniyatlari yoritiladi. AI asosidagi ilovalar va platformalarning amaliy qo‘llanilishi, afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt hindiy og‘zaki nutqini rivojlantirishda samarali, shaxsiylashtirilgan va interaktiv yondashuvni ta’minlashini ko‘rsatadi.
Downloads
Published
2026-02-24
Issue
Section
Articles