BYUDJET MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI (TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MISOLIDA)

Authors

  • Jabborov Azamat Alijonovich Author
  • Turdiev Temirbek Ravshanovich Author

Abstract

Mamlakatimizda davlat moliya tizimini isloh qilish, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda moliyaviy jarayonlarning shaffofligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va uni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi davlat byudjeti mablag‘larining harakatini nazorat qilish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda rahbariyatni ishonchli va tezkor moliyaviy axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi ta’lim jarayonini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xarajatlarni oqilona rejalashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Published

2026-02-25