KOXLEAR IMPLONTLI BOLALAR NUTQINI SHAKILLANTIRISHDA SAMARALI TEXNOLOGIYALARNI AMALIY QO'LLASH TAJRIBASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: koxlear implant, nutqni shakllantirish, eshitish-verbal metodika, logopedik texnologiyalar, eshitish idroki, fonematik eshitish, reabilitatsiya, kommunikativ yondashuv.Abstract
Ushbu tezisda koxlear implantli bolalar nutqini shakllantirishda samarali pedagogik va logopedik texnologiyalarni amaliy qo‘llash tajribasi tahlil qilinadi. Eshitishida chuqur nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutq rivojlanishi ko‘p jihatdan eshitish idrokining rivojlanishi, fonematik eshitishning shakllanishi va muntazam reabilitatsiya mashg‘ulotlariga bog‘liqdir. Shu sababli koxlear implantatsiyadan keyingi davrda nutqni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar, xususan, eshitish-verbal metodikasi, interaktiv logopedik mashg‘ulotlar, multimediya vositalari va kommunikativ yondashuvlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tezisda mazkur texnologiyalarni amaliy qo‘llash jarayonining samaradorligi, ularning bolalarning nutqiy faolligi, lug‘at boyligi va talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari samarali texnologiyalarni tizimli qo‘llash koxlear implantli bolalarning nutqini shakllantirish va ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.