HOMILADOR AYOLLARDA GEPATIT B: VERTIKAL YUQISHNING OLDINI OLISH MASALALARI

Authors

  • Kaxorova Karomatxon Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Gepatit B, HBV, homiladorlik, vertikal yuqish, ona va bola salomatligi, antiviral terapiya, immunoprofilaktika, vaksina, skrini.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada homilador ayollarda gepatit B virusining (HBV) tarqalishi, uning ona va bola salomatligiga ta’siri hamda vertikal (ona-bolaga) yuqish mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida vertikal yuqish xavfini oshiruvchi omillar, xususan, virus yukining yuqoriligi, HBeAg musbatlik va profilaktik choralar yetarli darajada amalga oshirilmasligi asosiy sabablar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada homiladorlik davrida skrining o‘tkazish, antiviral terapiyani qo‘llash hamda tug‘ruqdan keyin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda immunoprofilaktika tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati yoritilgan.

Published

2026-03-22