SHIFOBAXSH O‘SIMLIKLAR NOMINATSIYASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • Yusupova Tatyana Eduardovna Author

Abstract

Har bir xalqning tili uning ming yillik hayot tarzi, diniy-e’tiqodiy qarashlari, xalq tabobati va xalq og‘zaki ijodi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik tilning leksik qatlamida, xususan, shifobaxsh o‘simliklar nomlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shifobaxsh o‘simliklar nominatsiyasi nafaqat denotativ ma’lumot (o‘simlikning o‘zi, ko‘rinishi, funksiyasi)ni, balki etnosning qadriyatlari, mifologik tasavvurlari, ma’naviy-madaniy tajribasini ham mujassamlashtiradi.

Published

2026-03-22