BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kasbiy kompetensiya, innovatsion pedagogik texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, interaktiv metodlar, raqamli ta’lim, pedagogik mahorat, muammoli ta’lim, refleksiya, mustaqil fikrlash, AKT.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyani shakllantirish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Unda zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda o‘qituvchilarning metodik, kommunikativ va axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirishda interaktiv metodlar, raqamli vositalar va muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanish orqali talabalarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash kasbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko’rsatadi.