MINTAQANING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSIYAGA YO‘NALTIRILGAN INVESTITSION SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Sattorov Shohruh Author

Abstract

Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda investitsiya iqtisodiy kategoriyasi xalqaro kapital oqimlari, innovatsion taraqqiyot jarayonlari hamda institutsional muhit bilan uzviy integratsiyalashgan holda talqin qilinadi. Bunda investitsiyalar mintaqaga kapital jalb etish bilan cheklanib qolmasdan, balki yangi texnologiyalarni joriy etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish hamda raqobatbardosh iqtisodiy muhitni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, investitsiyalar mintaqa iqtisodiyotida passiv moliyaviy resurs emas, balki investitsion salohiyat va innovatsion taraqqiyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi faol iqtisodiy mexanizm hisoblanadi. Aynan shu jihat investitsiyalarni hududiy iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlovchi, institutsional va texnologik yangilanishlarni jadallashtiruvchi asosiy omil sifatida baholash zarurligini asoslaydi.Tadqiqot jarayonida biz jadval asosida olimlarning qarashlarini qiyosiy tahlili qilib shuni o’rgandiki, investitsion salohiyat mintaqaning iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi passiv resurslar yig‘indisi emas, balki investitsiya faolligini yuzaga chiqaruvchi faol iqtisodiy kategoriya hisoblanganligi nomoyon bo’ldi. Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion taraqqiyot investitsion salohiyatning real iqtisodiy natijalarga aylanishini ta’minlovchi asosiy mexanizm hisoblanadi.

Published

2026-03-25