YOSHLAR YETAKCHISI JAMIYAT VA YOSHLAR O‘RTASIDA KO‘PRIK

Authors

  • Xurultoyeva Gulnigor To'raboy qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Yoshlar yetakchisi, yoshlar siyosati, ijtimoiy faollik, jamiyat, davlat, o‘zaro ishonch, bandlik, bo‘sh vaqtni tashkil etish.

Abstract

Annotatsiya: Maqolada yoshlar yetakchisi institutining jamiyat va yoshlar o‘rtasidagi ahamiyati, ularning ijtimoiy faolligini oshirishdagi roli va yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishdagi funksiyalari tahlil qilinadi. Mazkur tizim yoshlar bilan davlat organlari o‘rtasida ishonchli aloqani yaratishga xizmat qilishi, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqolada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash va turli sohalarda ularning salohiyatini rivojlantirishdagi samaradorligi yoritiladi. Xalqaro tajribalar bilan taqqoslash orqali O‘zbekistonda joriy etilgan tizimning samaradorligi va ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanadi.

Published

2026-04-05