ZAMONAVIY OʻZBEK TILIDA URGʻUNING FONOLOGIK AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: fonetik urg‘u, mantiqiy urg‘u, fonema, boʻgʻin, nutq ohangi, talaffuz, maʼno farqlash, zamonaviy o‘zbek tili, intonatsiya.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada urg‘uning fonologik ahamiyati, turlari hamda joylashish o‘rni haqida batafsil yoritilgan. Maqolada gap urgusi, soʻz urg‘usi hamda urgʻunning o‘rniga ko‘ra soʻzlarning boshqa soʻz turkumiga o‘tishi yoki gap mazmuni o‘zgarishi haqida turli misollar keltiriladi. Oʻzbek tilida urgʻu asosan soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushishi bilan ifodalansa-da, ayrim holatlarda urgʻuning o‘rni grammatik shaklni, soʻzning maʼno nozikliklarini hamda nutq ohangini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Urgʻu orqali nutqning ifodaliligi kuchayishi kommunikativ maqsadning aniq yetkazilishi ham ilmiy asosda koʻrib chiqiladi.Natijada esa o‘zbek tilining fonologik tizimida muhim vosita ekanligi hamda ma’no va grammatik munosabatlarni ifodalashda faol xizmat qilishi xulosa qilinadi.