INTRODUKSIYA SHAROITIDA O’SISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: MOSLASHUVCHANLIK MEZONLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Introduksiya, moslashuvchanlik mezonlari, o‘sish, rivojlanish, adaptatsiya, monitoring, biologik resurslar, genofond, ekologik barqarorlik, selektsiya, ekotizim.Abstract
Annotatsiya: Introduksiya – bu biologik obyektlarni, xususan o‘simlik va hayvon zotlarini bir hududdan boshqa hududga olib kelish, yangi joyga moslashtirish, yashab ketish, ko‘payish va rivojlantirish jarayonidir. Bu jarayon orqali o‘simlik va hayvonlarning yangi turlari yoki navlari boshqa geografik hududga olib kelinadi va u yerning ekologik sharoitiga moslashtiriladi. Introduksiya amalga oshirilganda, o‘simlik yoki hayvon organizmlarining o‘sishi va rivojlanishiga, ularning moslashuvchanlik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Sababi, har bir yangi muhit — iqlim sharoiti, tuproq tarkibi, suv resurslari, havoning namligi kabi ko‘plab omil bilan farqlanadi. Aynan mana shu sababdan har bir organizmning moslashuvchanligi, hayotiy jarayonlari va rivojlanish sur'atlari ilmiy jihatdan chuqur o‘rganiladi.