ISPAN TILIDAGI DIALOGIK NUTQDA YOLG‘ONNING XUSHMUOMALILIK STRATEGIYASI SIFATIDA QO‘LLANILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: dialogik nutq, yolg‘on, xushmuomalilik, pragmatika, nutqiy akt, implikatura, ispan tili.Abstract
Mazkur maqolada ispan tilidagi dialogik nutqda yolg‘onning xushmuomalilik strategiyasi sifatida qo‘llanilishi lingvopragmatik nuqtai nazardan kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda nutqiy akt nazariyasi, kooperativlik prinsipi, xushmuomalalik nazariyasi hamda relevans nazariyasi asosida yolg‘onning kommunikativ, ijtimoiy va kognitiv xususiyatlari aniqlanadi. Tahlillar natijasida ispan nutqida yolg‘on ko‘pincha ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash, suhbatdoshning “yuzini himoya qilish” hamda kommunikativ muvozanatni ta’minlash maqsadida qo‘llanilishi isbotlandi.
Downloads
Published
2026-04-22