O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING HOZIRGI HOLATI VA KREDITGA BO‘LGAN TALABI
Abstract
O‘zbekistonda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning eng muhim segmentlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda ushbu soha yalpi ichki mahsulotda, bandlikni ta’minlashda va aholining daromadlarini oshirishda muhim o‘rin egallab kelmoqda [1]. Shu bilan birga, kichik biznesning barqaror faoliyat yuritishi va rivojlanishi bevosita moliyaviy resurslarga, ayniqsa bank kreditlariga bo‘lgan ehtiyoj bilan chambarchas bog‘liqdir. Mamlakatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati natijasida kreditlash hajmlari sezilarli darajada oshgan. Xususan, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2024 yilning dastlabki 10 oyida tadbirkorlik subyektlariga qariyb 4 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, shundan 612,9 milliard so‘mi aynan kichik biznes subyektlariga yo‘naltirilgan [2]. Bundan tashqari, mikro biznes subyektlariga 1 trillion 824 milliard so‘m kredit ajratilgani kichik biznes segmentida moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab juda yuqori ekanligini ko‘rsatadi .