CHAKANA BANK XIZMATLARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Abstract
Chakana bank xizmatlari zamonaviy moliya tizimining eng muhim segmentlaridan biri bo‘lib, u jismoniy shaxslar va kichik mijozlarga yo‘naltirilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Bu xizmatlarga bank kartalari, depozitlar, iste’mol kreditlari, mobil banking, internet banking va elektron to‘lov tizimlari kiradi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra [1], rivojlanayotgan davlatlarda chakana bank xizmatlari bank daromadlarining o‘rtacha 40–50 foizini tashkil etadi. O‘zbekistonda esa bank tizimi transformatsiyasi natijasida ushbu segment ulushi 45 foizdan ortiq darajaga yetgan.
Downloads
Published
2026-04-22