MIRIYNING “KO`RGACH” RADIFLI ISHQIY–FALSAFIY G`AZALINING BADIIY TAHLILI

Authors

  • Esanova Maysara Abdullayevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: G‘azal, ishq, sevgi, qofiya, qofiyadosh so‘zlar, ohangdosh so‘zlar, radif, bayt, misra, obraz, mavzu, ma’no, timsol, badiiy obraz, badiiy vazifalar, tasavvufiy g‘oyalar, g‘azalnavislik, junun, shoir, mumtoz adabiyot.

Abstract

Maqolada Ochildimurod Neʼmatilla oʻgʻli Miriyning “Junun aylasam ayb aylamang jamolini ko`rgach” g`azali o‘rganilgan va  g‘azalga oid badiiy  chizgilar berilgan. Miriyning mazkur g‘azalining betakror jozibasi radif, qofiyadosh yoki ohangdosh so‘zlar, obrazlar, ma’no va timsollar hamda badiiy vazifalari adabiy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, g‘azalning betakrorligini ko‘rsatish uchun Hamid Oliumjonning “Na bo‘lg‘ay bir nafas” g‘azali bilan qiyosiy solishtirmasi ham berilgan. Shuningdek, mumtoz sheriyatimizning XIX asrda ham g‘azalnavislikning miriyona tarzdagi mohir ifodasi o‘z aksini topgan.

Published

2026-04-23