MAQSUD SHAYXZODA DRAMATURGIYASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA “MIRZO ULUG‘BEK” TRAGEDIYASI TAHLILI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: Maqsud Shayxzoda, Mirzo Ulug‘bek, dramaturgiya, tragediya, tarixiy obraz, psixologizm, konflikt, ma’rifat, Abdullatif, badiiy talqin, emotsional-ekspressivlik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi Maqsud Shayxzoda dramaturgiyasining o‘ziga xos badiiy-estetik xususiyatlari tadqiq etiladi. Adibning shoh asari hisoblangan “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi misolida tarixiy shaxs talqini, obrazlar psixologizmi hamda ilm va jaholat o‘rtasidagi murosasiz kurash tahlilga tortilgan. Shuningdek, asardagi emotsional-ekspressiv vositalar, ota va o‘g‘il munosabatlaridagi fojiaviy ziddiyatlar hamda asarning jahon klassik dramaturgiyasi an’analari bilan bog‘liqligi yoritib berilgan. Maqolada Ulug‘bek siymosining ham olim, ham hukmdor sifatidagi murakkab fojiasi adabiy nuqtayi nazardan asoslab beriladi.
Downloads
Published
2026-04-23