MEHNAT BOZORI VA UNING SANOAT KORXONALARIDAGI O‘RNI
Abstract
Mehnat bozori zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U jamiyatda mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish, aholini ish bilan ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda mehnat bozori deganda ishchi kuchi egalarining o‘z mehnat qobiliyatini taklif qilishi va ish beruvchilarning unga bo‘lgan talabi asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi. Mehnat bozori faqatgina iqtisodiy jarayon emas, balki u ijtimoiy, huquqiy va institutsional munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi [1]. Bu bozor ishchi kuchining erkin harakati, ish haqi shakllanishi, bandlik darajasi va ishsizlik kabi muhim ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi. Shuningdek, mehnat bozori jamiyat ehtiyojlari va ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.