ANDIJON VILOYATIDA SANOAT RIVOJI VA UNING BANDLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Abstract
Andijon viloyati O‘zbekistonning sanoat jihatdan nisbatan tez rivojlanayotgan hududlaridan biri hisoblanadi. Viloyatning iqtisodiy salohiyati, avvalo, uning ishlab chiqarish bazasi, mehnat resurslari va qulay geografik joylashuvi bilan belgilanadi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya loyihalari va sanoatni modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hududda sanoat ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi [1]. Bu esa o‘z navbatida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Downloads
Published
2026-04-23