MAHALLIYLASHTIRISH TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI

Authors

  • Umurzakova Zamira Salijanovna Author
  • Davronov Diyorbek Davlatbek o‘g‘li Author

Abstract

Mahalliylashtirish tushunchasi zamonaviy iqtisodiyotda muhim strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. U asosan ishlab chiqarish jarayonlarida xorijdan import qilinadigan mahsulotlar, butlovchi qismlar va xom-ashyolar o‘rnini mahalliy resurslar bilan bosqichma-bosqich almashtirishni anglatadi. Boshqacha aytganda, mahalliylashtirish - bu milliy iqtisodiyotning ichki imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish orqali ishlab chiqarishning ichki bazasini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy bog‘liqlikni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan jarayondir [1].

Published

2026-04-23