O'SMIRLARDA KASBIY IDENTIFIKATSIYANI SHAKILLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘smirlik davri, kasbiy identifikatsiya, kasb tanlash, psixologik rivojlanish, kasbiy yo‘naltirish, innovatsion metodlar, raqamli texnologiyalar, shaxs rivoji, motivatsiya, qiziqish va qobiliyat, psixologik trening, interaktiv ta’limAbstract
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kasbiy identifikatsiyaning shakllanish jarayoni, uning psixologik va ijtimoiy omillari hamda zamonaviy ta’lim muhitida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘smir shaxsining kasb tanlash jarayonida o‘zini anglash, qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, shuningdek, tashqi muhit ta’siri muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada kasbiy identifikatsiyani rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, kasbiy yo‘naltirish dasturlari, psixologik treninglar va interaktiv metodlarning samaradorligi yoritiladi. Shuningdek, o‘smirlarda mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyat hissini shakllantirish va kelajak kasbiga nisbatan ongli munosabatni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.