QISHLOQ XO‘JALIGIDA DON ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: iqtisodiy samaradorlik, hosildorlik, tannarx, rentabellik, resurslardan foydalanish, agrotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, mehnat unumdorligi, suv tejovchi texnologiyalarAbstract
Annotatsiya:Mazkur ishda qishloq xo‘jaligida don yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda samaradorlik tushunchasining mazmuni, uni baholash ko‘rsatkichlari hamda unga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan. Shuningdek, don ishlab chiqarishda agrotexnik, tashkiliy-iqtisodiy va resurs omillarining roli yoritilib, so‘nggi yillardagi rivojlanish tendensiyalari iqtisodiy-statistik usullar asosida tahlil qilingan. Natijalar don yetishtirish hajmi va hosildorlikning oshib borayotganini, resurslardan foydalanish samaradorligi yaxshilanayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tannarxning ortishi sharoitida rentabellik darajasining ijobiy saqlanib qolayotgani aniqlangan. Tadqiqot yakunida samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.