TALABA QIZLARNING JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: talaba qizlar, jismoniy faollik, nomutaxassislik yo‘nalishi, gipodinamiya, pedagogik mexanizm, raqamli monitoring, modulli o‘qitish, yoga, fitness, motivatsiya, ortiqcha vazn, sog‘lom turmush tarzi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarining nomutaxassislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba qizlarning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar va pedagogik strategiyalar tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatdagi gipodinamiya muammosi va uning talaba qizlar salomatligiga, xususan, ortiqcha vazn to‘planishi hamda psixo-emotsional holatiga salbiy ta’siri yoritilgan. Muallif tomonidan jismoniy tarbiya darslarining jozibadorligini oshirish maqsadida modulli-variativ yondashuv, raqamli monitoring tizimi va motivatsion texnologiyalarni integratsiyalash metodikasi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, talaba qizlarning individual qiziqishlariga asoslangan fitness-yo‘nalishlarning (yoga, pilates, aerobika) joriy etilishi ularning funksional tayyorgarligini yaxshilash va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi.