PUL-KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI MUAMMOLI KREDITLAR ULUSHINI KAMAYTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: pul-kredit siyosati, inflyatsiya, diskont stavkasi, majburiy zaxiralar, ochiq bozordagi operatsiyalar, bank tizimi, iqtisodiy o‘sish, inflyatsion targetlash.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotini jadallashtirish sharoitida davlat moliyasi va pul-kredit siyosatining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Unda narxlar barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani samarali jilovlash masalalari markaziy banklar faoliyatining asosiy mezonlari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki misolida pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini kuchaytirish va bank tizimini rivojlantirishning iqtisodiy o‘sish, aholi bandligi berilgan. Shuningdek, pul massasining ko‘payishi yoki kamayishining qisqa va uzoq muddatli oqibatlari, keynschilik va monetaristik yondashuvlar o‘rtasidagi nazariy qarashlar tahlil qilingan. Muallif pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash va aholi farovonligini oshirishning muhim omili ekanligini asoslab bergan.