BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHDA LUG‘ATLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Authors

  • Surmaxon Ismoilova, Author
  • Istora Ikromiddinova Author

Abstract

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishda lug‘atlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — o‘quvchilarda mustaqil ravishda lug‘atdan foydalanish ehtiyojini shakllantirish, so‘zlarning ma’no qirralarini anglash, belgi bildiruvchi so‘zlarni o‘rinli qo‘llash orqali nutq sifatini oshirishga doir samarali metodlarni asoslashdan iborat. Tadqiqot davomida ta’lim jarayonidagi kuzatish, tahlil va qiyosiy o‘rganish metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, lug‘atlar bilan muntazam ishlash o‘quvchilarda so‘z ma’nosini to‘g‘ri anglash, sinonim, antonim, omonimlarni nutqda o‘rinli qo‘llash, matndan kerakli so‘zlarni topish, nutqni mantiqiy va izchil ifodalash ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Maqolada belgi bildiruvchi so‘zlar ustida ishlashning bosqichma-bosqich metodikasi taklif etiladi: tushuntirish, matndan topish va nutq jarayonida qo‘llash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda lug‘atdan foydalanish ehtiyojini shakllantirish o‘quvchilar nutq kompetensiyasini rivojlantirishning muhim omili sifatida asoslab beriladi. Xulosa sifatida, lug‘atlar bilan tizimli ishlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z boyligini kengaytirishda samarali vosita ekanligi ta’kidlanadi.

В статье анализируются педагогические возможности использования словарей для обогащения словарного запаса учащихся начальных классов. Цель исследования — обоснование эффективных методик формирования у учащихся потребности пользоваться словарями, понимания смысловых оттенков слов, а также развития связной речи на основе корректного употребления качественных слов. В ходе исследования применялись методы наблюдения, анализа и сравнительного изучения учебного процесса. Полученные результаты показывают, что регулярная работа со словарями значительно повышает уровень понимания значений слов, умение правильно использовать синонимы, антонимы, омонимы, а также способствует формированию логичной и выразительной речи. В статье предлагается поэтапная методика работы с качественными словами: ознакомление, поиск в тексте и применение в речи. Научная новизна исследования заключается в доказательстве того, что формирование потребности использования словарей является важным фактором развития речевой компетенции учащихся. В заключение подчёркивается, что системная словарная работа является эффективным средством расширения словарного запаса младших школьников.

This article examines the pedagogical potential of using dictionaries to enhance vocabulary development among primary school students. The purpose of the study is to substantiate effective methods for fostering the need to use dictionaries, improving students’ understanding of semantic nuances, and enhancing speech fluency through appropriate use of descriptive (qualitative) words. The research employed observation, analytical, and comparative methods within the learning process. The findings demonstrate that systematic work with dictionaries considerably improves students’ ability to comprehend word meanings, correctly use synonyms, antonyms, and homonyms, and produce coherent and expressive speech. The article proposes a step-by-step methodology for working with descriptive words, including introduction, textual identification, and contextual application. The scientific novelty of the study lies in establishing dictionary-use motivation as a key factor in developing students’ speech competence. The study concludes that structured dictionary-based activities are an effective tool for expanding vocabulary among primary school learners.

Published

2026-02-10