SHAHODAT ISAXONOVANING “BIBIXONIM” ROMANIDA AYOL OBRAZI ORQALI DAVR MUAMMOLARINING BADIIY TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ayol obrazi, tarixiy roman, badiiy talqin, Shod Mulk, ijtimoiy tafovut, ruhiy kechinma, adabiy obraz, Bibixonim.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tarixiy romanlarida ayol obrazining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asosiy diqqat markazida Shahodat Isaxonovaning “Bibixonim” romanidagi ayol siymolari – Shod Mulk, Bibixonim, Gavharshodbegim obrazlari turadi. Maqolada ushbu obrazlar orqali XIV asr Movarounnahr hududidagi ijtimoiy-siyosiy muhit, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ruhiy kechinmalari va tabaqaviy tafovutlarning ta’siri yoritiladi. Tadqiqot davomida ayol obrazlari timsolida davr muammolari, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, onalik, vafodorlik, sabr-toqat kabi fazilatlarning badiiy ifodasi ochib beriladi. Romandagi tarixiy shaxslar hamda badiiy to‘qima uyg‘unligining asar realizmini ta’minlashdagi o‘rni alohida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ayol obrazi, tarixiy roman, badiiy talqin, Shod Mulk, ijtimoiy tafovut, ruhiy kechinma, adabiy obraz, Bibixonim.