SHAHODAT ISAXONOVANING “BIBIXONIM” ROMANIDA AYOL OBRAZI ORQALI DAVR MUAMMOLARINING BADIIY TALQINI

##article.authors##

  • Mirolimjon Xamidov ##default.groups.name.author##
  • Ma’rufjonova Muxlisa To‘lonboy qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: ayol obrazi, tarixiy roman, badiiy talqin, Shod Mulk, ijtimoiy tafovut, ruhiy kechinma, adabiy obraz, Bibixonim.

##article.abstract##

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tarixiy romanlarida ayol obrazining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asosiy diqqat markazida Shahodat Isaxonovaning “Bibixonim” romanidagi ayol siymolari – Shod Mulk, Bibixonim, Gavharshodbegim obrazlari turadi. Maqolada ushbu obrazlar orqali XIV asr Movarounnahr hududidagi ijtimoiy-siyosiy muhit, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ruhiy kechinmalari va tabaqaviy tafovutlarning ta’siri yoritiladi. Tadqiqot davomida ayol obrazlari timsolida davr muammolari, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, onalik, vafodorlik, sabr-toqat kabi fazilatlarning badiiy ifodasi ochib beriladi. Romandagi tarixiy shaxslar hamda badiiy to‘qima uyg‘unligining asar realizmini ta’minlashdagi o‘rni alohida tahlil qilinadi.                                                                                                                                                                                                                         Kalit so‘zlar: ayol obrazi, tarixiy roman, badiiy talqin, Shod Mulk, ijtimoiy tafovut, ruhiy kechinma, adabiy obraz, Bibixonim.

##submissions.published##

2025-06-11