ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Keywords:
Turizm infratuzilmasi, raqamli texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, AKT, O`zbekiston turizmi,”Raqamli O`zbekiston – 2030”, virtual sayohat, sun`iy intelekt, onlayn bron qilish, raqamli xizmatlar, raqamli texnologiyalar, elektron viza, axborot xavfsizligi, “Smart-Tourism” yagona portaliAbstract
Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari tahlil etiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, interaktivlikni kuchaytirish va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli viza, axborot portallari va mobil ilovalar joriy etilayotgani ham turizm infratuzilmasini raqamlashtirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga, texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, malakali kadrlar yetishmovchiligi va axborot xavfsizligi kabi muammolar mavjud. Maqolada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda samarali raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildiriladi.