ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI

##article.authors##

  • Faxriddin O’rinboyevich Toshboltayev ##default.groups.name.author##
  • Ravshanova Jayrona Avazbek qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Turizm infratuzilmasi, raqamli texnologiyalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, AKT, O`zbekiston turizmi,”Raqamli O`zbekiston – 2030”, virtual sayohat, sun`iy intelekt, onlayn bron qilish, raqamli xizmatlar, raqamli texnologiyalar, elektron viza, axborot xavfsizligi, “Smart-Tourism” yagona portali

##article.abstract##

Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari tahlil etiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, interaktivlikni kuchaytirish va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli viza, axborot portallari va mobil ilovalar joriy etilayotgani ham turizm infratuzilmasini raqamlashtirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. Shu bilan birga, texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, malakali kadrlar yetishmovchiligi va axborot xavfsizligi kabi muammolar mavjud. Maqolada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda samarali raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildiriladi.

##submission.authorBiographies##

  • Faxriddin O’rinboyevich Toshboltayev

    FarDU “Axborot texnologiyalari”kafedrasi katta o`qituvchi(PhD)

  • Ravshanova Jayrona Avazbek qizi

    FarDU Filologiya va tillarni o`qitish:ingliz tili yo`nalishi 24.111-huruh

    Talabasi

##submissions.published##

2025-04-29