YOSH VELOSPORTCHILARNING KUCH SIFATLARNI OSHIRISHDA MAXSUS MASHQLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Keywords:
yosh velosportchilar, kuch sifatlari, maxsus mashqlar, interval yuklamalar, plyometriya, chidamlilik.Abstract
Maqolada yosh velosportchilarning fizik qobiliyatlarini, ayniqsa kuch koʻrsatkichlarini oshirish uchun qoʻllaniladigan maxsus mashqlarning samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqot 14–18 yoshdagi 50 nafar yosh velosportchi ishtirokida olib borilib, ularga 12 hafta davomida statik va dinamik kuch mashqlari, interval yuklamalar, qoʻshimcha ogʻirliklar va plyometrik mashqlar dasturi tatbiq etilgan. Natijalarda maksimal kuch (18–22%), tezlik (15%) va chidamlilik (25%) koʻrsatkichlarining sezilarli darajada oshgani aniqlangan. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, velosportga moslashtirilgan maxsus mashqlar yoshlarning jismoniy tayyorgarligini muvozanatli rivojlantirishda yuqori samaraga ega.Maqolada shuningdek, murabbiylarning malakasi, individual yondashuv, texnologik jihozlardan foydalanish va davlat qoʻllab-quvvatlashining ahamiyati taʼkidlangan.