BULLING BILAN BOG‘LIQ OMILLAR VA ULARNING O‘SMIR O‘QUVCHILARNING RUHIY HOLATIGA TA’SIRI
Keywords:
bulling, o‘smir, ruhiy salomatlik, maktab zo‘ravonligi, psixologik ta’sir, o‘quvchi psixologiyasi, stress.Abstract
Mazkur maqolada maktab o‘quvchilari o‘rtasida keng tarqalgan bulling hodisasi va uning psixologik, ijtimoiy va pedagogik jihatlari atroflicha yoritilgan. Maqolada bulling turlari – jismoniy, og‘zaki, ijtimoiy, yozma va kiberbulling misollar bilan bayon qilinadi. Muallif bullingning o‘smirlar salomatligiga, o‘z-o‘zini qadrlashiga, akademik yutuqlariga va ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini ta’kidlaydi. Tadqiqotlar natijasiga tayanib, muammo sabablariga chuqur e’tibor qaratilgan va ular besh asosiy guruhga bo‘lingan: psixologik, oilaviy, maktab, ijtimoiy-iqtisodiy va OAV bilan bog‘liq omillar. Xususan, ota-onalar bilan noto‘g‘ri munosabat, maktabdagi noadolatli muomala, tengdoshlar bosimi va raqamli texnologiyalar orqali tarqaluvchi zo‘ravonlik bullingni kuchaytiruvchi omillar sifatida ko‘rsatiladi. Maqola davomida ilmiy tadqiqotlar, olimlar fikri va statistik ma’lumotlar orqali bullingning jiddiy ijtimoiy muammo ekani asoslab beriladi.