BULLING BILAN BOG‘LIQ OMILLAR VA ULARNING O‘SMIR O‘QUVCHILARNING RUHIY HOLATIGA TA’SIRI

##article.authors##

  • Buoisha Mo‘ydinova ##default.groups.name.author##
  • Eshonqulova Guljahon ##default.groups.name.author##

##semicolon##

bulling, o‘smir, ruhiy salomatlik, maktab zo‘ravonligi, psixologik ta’sir, o‘quvchi psixologiyasi, stress.

##article.abstract##

Mazkur maqolada maktab o‘quvchilari o‘rtasida keng tarqalgan bulling hodisasi va uning psixologik, ijtimoiy va pedagogik jihatlari atroflicha yoritilgan. Maqolada bulling turlari – jismoniy, og‘zaki, ijtimoiy, yozma va kiberbulling misollar bilan bayon qilinadi. Muallif bullingning o‘smirlar salomatligiga, o‘z-o‘zini qadrlashiga, akademik yutuqlariga va ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini ta’kidlaydi. Tadqiqotlar natijasiga tayanib, muammo sabablariga chuqur e’tibor qaratilgan va ular besh asosiy guruhga bo‘lingan: psixologik, oilaviy, maktab, ijtimoiy-iqtisodiy va OAV bilan bog‘liq omillar. Xususan, ota-onalar bilan noto‘g‘ri munosabat, maktabdagi noadolatli muomala, tengdoshlar bosimi va raqamli texnologiyalar orqali tarqaluvchi zo‘ravonlik bullingni kuchaytiruvchi omillar sifatida ko‘rsatiladi. Maqola davomida ilmiy tadqiqotlar, olimlar fikri va statistik ma’lumotlar orqali bullingning jiddiy ijtimoiy muammo ekani asoslab beriladi.

##submission.authorBiographies##

  • Buoisha Mo‘ydinova

    Qo‘qon universiteti

    Amaliy psixologiya yo‘nalishi

    4-kurs talabasi

  • Eshonqulova Guljahon

    Qo‘qon Universiteti

    Pedagogika va Psixologiya kafedrasi

    o‘qitivchisi

##submissions.published##

2025-06-27