BRYUSSEL I REGLAMENTI: YAGONA YEVROPA YURISDIKSIYASINING ASOSI SIFATIDA

Authors

  • Madaminova Madinabonu Author

Keywords:

Bryussel I reglamenti, Brussels I Recast, Yevropa Ittifoqi, yurisdiksiya, ekzekvatura, yurisdiksiya tanlash kelishuvlari, yagona huquqiy hudud.

Abstract

Mazkur maqolada Yevropa Ittifoqi Kengashining Bryussel I reglamenti va uning 2012-yilgi qayta tahriri (Brussels I Recast) tahlil etilgan. Bryussel I reglamentining qabul qilinishi, uning fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha yagona yurisdiksiya hamda sud qarorlarini tan olish va ijro etish masalalarini tartibga solishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Recast reglamentidagi muhim yangiliklar, jumladan, ekzekvatura protsedurasining bekor qilinishi, yurisdiksiya tanlash kelishuvlariga oid yangi tartiblar hamda uchinchi davlatlar bilan bog‘liq parallel sud jarayonlariga doir yangi mexanizmlar batafsil yoritilgan. Bryussel I reglamentining Yevropa Ittifoqi yagona huquqiy makonining shakllanishidagi ahamiyati ta’kidlangan va uning amaliy jihatlari yuzasidan xulosalar berilgan. Maqolada xalqaro-huquqiy va nazariy adabiyotlardan, shuningdek, Yevropa Ittifoqining normativ-huquqiy hujjatlaridan foydalanilgan.

Author Biography

  • Madaminova Madinabonu

    Toshkent davlat transport universiteti

    Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs Yu-2a guruh talabasi

Published

2025-05-21

How to Cite

BRYUSSEL I REGLAMENTI: YAGONA YEVROPA YURISDIKSIYASINING ASOSI SIFATIDA. (2025). Modern Education and Development, 26(4), 265-272. https://scientific-jl.com/mod/article/view/15370