BRYUSSEL I REGLAMENTI: YAGONA YEVROPA YURISDIKSIYASINING ASOSI SIFATIDA
##semicolon##
Bryussel I reglamenti, Brussels I Recast, Yevropa Ittifoqi, yurisdiksiya, ekzekvatura, yurisdiksiya tanlash kelishuvlari, yagona huquqiy hudud.##article.abstract##
Mazkur maqolada Yevropa Ittifoqi Kengashining Bryussel I reglamenti va uning 2012-yilgi qayta tahriri (Brussels I Recast) tahlil etilgan. Bryussel I reglamentining qabul qilinishi, uning fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha yagona yurisdiksiya hamda sud qarorlarini tan olish va ijro etish masalalarini tartibga solishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Recast reglamentidagi muhim yangiliklar, jumladan, ekzekvatura protsedurasining bekor qilinishi, yurisdiksiya tanlash kelishuvlariga oid yangi tartiblar hamda uchinchi davlatlar bilan bog‘liq parallel sud jarayonlariga doir yangi mexanizmlar batafsil yoritilgan. Bryussel I reglamentining Yevropa Ittifoqi yagona huquqiy makonining shakllanishidagi ahamiyati ta’kidlangan va uning amaliy jihatlari yuzasidan xulosalar berilgan. Maqolada xalqaro-huquqiy va nazariy adabiyotlardan, shuningdek, Yevropa Ittifoqining normativ-huquqiy hujjatlaridan foydalanilgan.