INGLIZ TILIDAGI METAFORALARNING MADANIYATLARARO TAFAKKURDAGI ROLI

Авторы

  • Sultonqulova Gulzodaxon Avazjon qizi Автор

Ключевые слова:

metafora, kognitiv lingvistika, madaniyatlararo tafakkur, til va madaniyat, semantika, pragmatika, dunyoqarash.

Аннотация

Ushbu ish ingliz tilidagi metaforalarning madaniyatlararo tafakkurdagi rolini o'rganadi. Metaforalar tilning ajralmas qismi bo‘lib, nafaqat so‘zlashuvda, balki turli madaniyatlarning dunyoqarashi va qadriyat tizimini aks ettirishda ham muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot kognitiv lingvistika nuqtai nazaridan yondashib, metaforalarning madaniy kontseptsiyalarni shakllantirish, tushunish va uzatishdagi funksiyalarini tahlil qiladi. Maqolada ingliz tilidagi umumiy metaforalar misolida ularning turli madaniyat vakillari tomonidan qanday idrok etilishi va talqin qilinishidagi farqlar ko‘rsatiladi.

Xususan, "vaqt — pul", "hayot — sayohat" kabi metaforik tushunchalarning turli madaniyatlar kontekstida qanday o‘ziga xos ma’no kasb etishi ko‘rib chiqiladi. Ushbu tahlil metaforalarning madaniyatlararo aloqada va tushunishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri talqinlarning oldini olishda qanchalik muhimligini yoritadi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqot samaradorligini oshirish, xorijiy tilni o‘rganishda chuqurroq madaniy tushunchani rivojlantirish va tarjimashunoslik sohasida metaforik ifodalarni aniqroq yetkazish uchun muhim xulosalar beradi.

Биография автора

  • Sultonqulova Gulzodaxon Avazjon qizi

    Samarqand chet tillari

Опубликован

2025-08-13

Как цитировать

INGLIZ TILIDAGI METAFORALARNING MADANIYATLARARO TAFAKKURDAGI ROLI. (2025). Modern Education and Development, 32(1), 17-22. https://scientific-jl.com/mod/article/view/26121