JAMOAT TRANSPORTLARIDA YO’LOVCHILAR OQIMINI ANIQLASHNINGZAMONAVIY USULLARI TAHLILI
Keywords:
Yo'lovchilar oqimini o'rganishning bir necha keng tarqalgan usullari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir. Anketa usuli. Bu usulda yo’lovchilar oqimini o’rganish uchun maxsus anketalartayyorlanadi va aholiga tarqatiladi.Abstract
Ushbu tezisning asosiy maqsadi jamoat transportlarida yo‘lovchilar oqimini aniqlashning zamonaviy usullarini tahlil qilish va ularning afzalliklari, kamchiliklari hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash istiqbollarini baholashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: Jamoat transportlarida yo‘lovchilar oqimini aniqlashning mavjud usullarini (qo‘lda
sanash, avtomatik hisoblash tizimlari va boshqalar) o‘rganish va ularning samaradorligini baholash.Yo‘lovchilar oqimini aniqlashning
zamonaviy texnologiyalarini (video analitika, infraqizil sensorlar, GPS treking, mobil ma’lumotlar, Wi-Fi tracking va boshqalar) o‘rganish va ularning texnik imkoniyatlarini tahlil qilish.
References
Yo’lovchilarni tashish samaradorligini oshirish va resurslarni tejash transport
korxonalarining asosiy muammolaridan biridir. Buning uchun yo'lovchilar
oqimini muntazam
kuzatib, ularning sonini hisobga olish eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Yo'lovchilar oqimini doimiy o'rganish yiliga bir martadan ko'p bo'lmagan holda
amalga oshiriladi. Namunaviytadqiqotlar zaruratga qarab - ma'lum yo'nalishlarda
avtotransport vositalari yetarli bo’lmaganda yoki ayrim yo'nalishlarda ularning soni
ortiqcha
bo’lganda o'tkaziladi. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki,
tramvaylarning 25-28 foizi, trolleybuslarning 24-26 foizi va avtobuslarning 45-50
foizini tanlab o'rganish statistik hisob-kitoblar uchun yetarli darajada aniqlikni
ta'minlaydi.