TAFTISH TERGOV HARAKATINI O‘TKAZISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
taftish, tergov harakati, jinoyat sodir bo‘lgan joy, ashyoviy dalillar, tergov taktikalari, protsessual tartib, tergovchi faoliyati, jinoyat-protsessual kodeks, zamonaviy texnologiyalar, kriminalistik metodlar, hujjatlashtirish, dalillarni yig‘ish, tergov amaliyoti.Abstract
Mazkur maqola taftish tergov harakati va uning jinoyat protsessida tutgan o‘rni, o‘tkazilish tartibi va metodikasining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tergov faoliyatining samarali tashkil etilishi jinoyat ishini adolatli hal
qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, taftish tergov harakati — bu jinoyat sodir bo‘lgan joy, shaxslar, ashyoviy dalillar va boshqa obyektlar holatini bevosita kuzatish, tekshirish va baholashni o‘z ichiga oladi. Maqolada taftish o‘tkazishning
asosiy bosqichlari, uning protsessual va taktik jihatlari, tergovchi tomonidan qo‘llaniladigan metod va usullar, zamonaviy texnologiyalarning taftish jarayoniga ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada taftish davomida uchrashi
mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining normalari va amaliy tajriba asosida taftishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Maqola natijasida taftish
tergov harakatining tergov jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini yanada chuqurroq tushunish, shuningdek, tergov amaliyotini takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari tergovchilar, jinoyat huquqi sohasi mutaxassislari va
talabalar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
1.
Soliyev. M., Karimov. A. "Jinoyat protsessi: Nazariya va amaliyot". – Toshkent:
Sharq, 2021.
2.
Komilov. A. X. "Tergov harakatlarining nazariy va amaliy masalalari". –
Toshkent: Adabiyot, 2020.
3.
Rahimov. I. "Kriminalistika: nazariya va amaliyot asoslari". – Toshkent: Istiqlol
nashriyoti, 2019.
4.
Islomov. F. "Jinoyat-protsessual faoliyatda taftish tergov harakatining
ahamiyati". – "Yuridik fanlar" jurnali, №2, 2022.
5.
Khamidov. Sh. "Kriminalistikada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
imkoniyatlari". – Toshkent: Innovatsiya, 2021.