VEB ILOVALARDA SPRING SECURITY ORQALI AUTENTIFIKATSIYA VA AVTORIZATSIYA JARAYONINI AMALGA OSHIRISH
Abstract
Spring Security bu Spring frameworkning asosiy modullaridan biri bo‘lib, u loyihalarni himoyalashning bir nechta usullarini hamda ko‘rinishlarini taqdim etadi. Spring Security framework autentifikatsiya (foydalanuvchini tekshirish) va avtorizatsiya (foydalanuvchining tizimda qanday huquqlari borligini tekshirish) jarayonlarini osonlashtiradi. Spring Securityda murojat qilayotgan foydalanuvchini tekshirish va shu foydalanuvchining murojat qilinayotgan API ruxsati bor yoki yo‘qligini yozish kerak bo‘ladi. Shu yozilgan konfiguratsiyalardan kelib chiqib, Spring Security qaysi API-ni qaysi foydalanuvchilar ishlata olishi mumkin ekanligini biladi. Spring Security asosan veb-ilovalarni himoya qilish uchun keng qo‘llaniladi. Spring Securityning yengilligi shundaki, uni talabdan kelib chiqib dasturchi tamondan xohlagancha o‘zgartirish mumkun. Spring Security frameworki dasturchilarga xavfsizlikni ta’minlashda katta yordam beradi, chunki u kengaytiriladigan va moslashuvchan framework hisoblanadi. U oddiy autentifikatsiyadan tortib, murakkab xavfsizlik talablariga qadar keng qamrovli yechimlarni taqdim etadi [1-2].