VEB-SAYTLARDA KIBERXAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

##article.authors##

  • Irgasheva Durdona Yakubdjanovna, ##default.groups.name.author##
  • Xudoykulov Zarifjon Turakulovich, ##default.groups.name.author##
  • Davronova Lola Uktamovna ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: Kiberxavfsizlik, veb-sayt xavfsizligi, kiberxavfsizlik tahdidlari, SQL in’ektsiyasi, saytlararo skriptlash (XSS), CSRF hujumi, zararli dastur (malware), Web Application Firewall (WAF), Python middleware, ikki faktorli autentifikatsiya, foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish, GDPR, PCI DSS, xavfsizlik siyosati, raqamli xavfsizlik, axborot texnologiyalari, himoyalangan veb-ilovalar

##article.abstract##

Annotatsiya: Mazkur maqolada veb-saytlarda kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari keng yoritiladi. Tahlil davomida veb-ilovalarga nisbatan amalga oshiriladigan eng keng tarqalgan hujum turlari – saytlararo skriptlash (XSS),
SQL in’ektsiyasi, CSRF, zararli dasturlar infiltratsiyasi va zaif autentifikatsiya tizimlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun taklif etilgan zamonaviy yechimlar, xususan, WAF texnologiyasi, foydalanuvchi so‘rovlarini real vaqt rejimida filtrlaydigan Python asosidagi middlewarelar, ikki faktorli autentifikatsiya, foydalanuvchi parollari siyosati va xalqaro xavfsizlik standartlari (GDPR va PCI DSS) tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlashda xodimlarni o‘qitish, xavfsizlik siyosatini shakllantirish, voqealarga javob berish rejasi va xavfsizlik jarayonlarining doimiy monitoringi kabi tashkiliy yondashuvlar ham muhim omil sifatida baholanadi. Natijada, veb-sayt egalari va ishlab chiquvchilar uchun samarali xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar shakllantiriladi.

##submissions.published##

2025-06-04