QON VA QON YARATISH A'ZOLARI KASALLIKLARIDA BOLA VA UNING OILASIGA HAMSHIRALIK PARVARISHI
Keywords:
qon, kasallik, parvarish.Abstract
Ushbu maqolada qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi tahlil qilingan.
References
Burundan
qon
ketishida
yordam
ko'rsatish
Burundan qon ketishi — ko'pincha burun shilliq pardasi qon tomirlari shikastlanganda,
yuqori nafas yo'llari yallig'lanish -larida, ayrim jigar kasalliklarining asorati sifatida
hamda gemorragik diatezlarda kuzatiladi. Burundan ko'p qon ketganda qonning bir
qismi og'iz bo'shlig'iga, undan me'daga tushadi. Natijada bolada qon qusish va
axlatining qorayishi kuzatiladi. Burundan qon ketganda bolani yarim o'tirgan, boshi
ozroq oldinga yengashtirilgan holatga keltiriladi. Bola tinchlantirilib, iloji boricha
gapirmasligi, yo'talmasligi va ortiqcha harakatlar qilmasligi ta'minlanadi. Bemor bola
agar hushida bo'lsa, gorizontal holatda yotqizilib, boshi yonboshga o'giriladi. Burun
sohasiga muzli xalta yoki sovuq suvga ho'llangan sochiq qo'yiladi. Burun qanotlarini
burun devoriga 3-5 daqiqa bosib turiladi. Agar qon oqishi to'xtamasa, burun
bo'shlig'iga vazelin surtilgan yoki 3% И vodorod peroksid, adrenalin eritmasiga
ho'llangan paxta-tampon kiritilib, statsionarga yuboriladi. Statsionarda sharoitga qarab
oldingi yoki orqa burun tamponadasi qilinadi. Bunda tampon kornsang bilan burun
bo'shlig'iga oldindan kiritilib, tamponlanadi va orqadan tamponlanib oldingisi bilan
bog'lanadi.