YUGURISH TEXNIKASINING ILMIY ASOSLARI
##semicolon##
Sakrash, faza, dinamika, uchish, qo‘nish, oyoqva qo‘l harakatlari, yo‘lak ,yengil atletika,sport.##article.abstract##
Yengil atletika sport turlari ichida yugurish yetakchi o‘rinni egallaydi.Shug‘ullanuvchilarda yugurish orqali jismoniy ko‘rsatkichlar va bir qator organizm tana muskullari rivojlanib, inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
##submission.citations##
Gavdani egiltirish ham yugurish tezligiga bog’liq. Qisqa masofalarda maksimal
tezlikda gavdaning oldinga egilishi eng katta; uzoq masofalarga yugurishda gavdaning
egilishi minimal (5o gacha) bo’ladi. Yodda tutish lozimki, gavdani oldinga ortiqcha
egiltirib yuborish, birinchidan, depsinishga yordam beradi, ikkinchidan, qadam
uzunligini kamaytirgan holda oyoqning oldinga chiqarilishini qiyinlashtiradi.
Gavdanin egiltirish optimal bo’lishi kerak va u yugurish tezligiga, masofaga va masofa
qismlariga bog’liq bo’ladi (startdan tezlik olish – egilib yugurish va asta-sekin gavdani
to’g’rilash); masofa bo’ylab yugurish – optimal egilish; marraga etib kelish – oxirgi
qadamlar masofa bo’ylab yugurishga nisbatan katta egilish bilan bajariladi.