KATTA ASALARILARNING KICHIK DUNYOSI, ASALARI ZOTLARINING MOSLASHUVCHANLIG
Keywords:
Kalit so‘zlar: Asalarilar (Apis), Apis cerana (Osiyo asalari), Apis dorsata (Gigant asalari), genetikasidagi xilma-xillik, ekologik, iqlimiy va antropogen, moslashuvchanlik, ekologik xavfsiz usullarni joriy qilishAbstract
Kirish. Asalarichilik qadimiy soxa bo‘lib, respublikamizda ham bu soxa
muxim tarmoq sifatida rivojlanib kelinmoqda. Asalari maxsulotlari oziq-ovqat,
farmasevtika, tabiatda hosildorlikni tabiiy oshirishda katta axamiyatga ega.
Asalarichilik yeti hazinaning biri bo‘lib tabiiy shifobaxsh asal mahsulotini manbai.
Yangi O‘bekistonda asalarichilikni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash yo‘lida,
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining- 2022 yil 8-fevraldagi PQ-120 sonli
qarorida «O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini
rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturida asalarichilik
tarmog‘ini rivojlantirish, ushbu ustuvor yo‘nalish doirasida asalarichilik tarmog‘ining
boshqaruv tizimi, monitoring va statistik baza takomillashtiriladi hamda qishloq
xo‘jalik sohasining boshqa tarmoqlari bilan asalarichilik sohasini uzviy bog‘lagan
holda samarali ish tashkil etish mexanizmlarini joriy etish belgilandi». Mamlakatda
ishlab chiqarilgan asal sifatini xalqaro standart talablariga moslashtirishga alohida
e’tibor qaratiladi. Tarmoqda asalarilar naslini va mahsulot sifatini yaxshilash, kasallik
va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari joriy etiladi[1].