TISH KARIESI: NIMA, NEGA VA QANDAY KURASHISH KERAK?
##semicolon##
Tish kariesi — tish emalining shikastlanishi va tishlarning chirishi bilan bog'liq keng tarqalgan kasallikdir.##article.abstract##
Tish kariesi – bu tishlarning sog‘lig‘iga xavf soluvchi keng tarqalgan muammo. U, asosan, tishning emal qismi zararlanishi va chirishi natijasida yuzaga keladi. Har bir inson tish kariesiga umri davomida bir marta bo‘lsa-da duch keladi - og‘riq, noqulaylik
va hattoki tishlarning yo‘qotilishiga olib keluvchi jarayon [2]. Ammo, karies tarixi, turlari, paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari ko‘pchilikka qorong‘u. Bu jarayon qachondan boshlangan? U qanday omillar bilan bog‘liq va qanday turlari, belgilari
mavjud? Asosiysi, bu muammoni qay tarzda hal etish mumkin va qaysi davolash usullari samaraliroq? Ushbu maqola shuni ko‘rsatadiki, tish kariesini belgilari va sabablarini aniqlash, uning rivojlanish jarayoni va profilaktika usullarini tahlil qiladi.
Bu muammoga qarshi kurashish noqulayliklarni, og‘riqlarni bartaraf etishga va tishlarni saqlab qolishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda muqobil davolash prinsiplarini aniq bayon qiladi. Aslida, karies (lotincha: caries – chirish) - tish kasalligi.
U tish to‘qimalarini tez va sekin yemiradigan murakkab patologik jarayon [3]. Kariesning paydo bo‘lish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, insonlarning o‘ziga xos evolyutsion, qadimgi davr, o‘rta asr, 19-20 asr va hozirgi zamon jarayonlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi davr: Tish kariesi qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lgan kasallik. Arxeologik izlanishlar natijasida, qadimgi misrliklar va boshqa sivilizatsiyalarning qoldiqlari orasida karies mavjud bo‘lgan tishlar topilgan. Bu topilmalar tish kariesining insoniyat tarixida uzoq vaqt davomida mavjud ekanligini ko‘rsatadi.
##submission.citations##
1. Ilm fan yangiliklari konferensiyasi. Andijon 2024 ;
2. International journal of scientific researchers 2024 ;
3. Eurasian journal of medical and natural sciences ;
4. Karies kasalligi, J.Rizayev A.Kubayev. “Navro‘z” Toshkent 2020 ;
5. Klinik Restavratsion Stomatologiya. Toshkent 2019 ;
6. Preklinik Restavratsion Stomatologiya Toshkent 2022.