O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISH STRATEGIYASI.
Keywords:
Degredatsiya, sof o‘sish, ekotizimlar, resurs, global muammolar, ekologik xavsizlik, Rio konferensiya, ekologik taqchilik, iqtisodiy o‘sish, barqaror rivojlanish, UNEP, biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot, inqiroz, ”Yashil”o‘sish indeksi, yashil sektorlar, moliyaviy mexanizmlar, sanoat chiqindilari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari,Abstract
Quyidagi maqolada "Yashil" iqtisodiyot tushunchasining
shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va dolzarbligi keng yoritilgan. Dastlabki iqtisodiy
qarashlar — fiziokratlar ta’limotidan boshlab, zamonaviy global inqirozlar, ekologik
muammolar va iqlim o‘zgarishlari ta’sirida shakllangan yashil iqtisodiy modelga qadar
bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinadi. Xususan, BMTning atrof-muhitga oid tashabbuslari,
2008-yilgi global inqiroz fonida UNEP tomonidan ilgari surilgan strategiyalar, xalqaro
tajribalar hamda O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi
chuqur ko‘rib chiqiladi. Maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari — uglerod
chiqindilarini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish muhim yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, barqaror
rivojlanish, ekologik xavfsizlik, yashil texnologiyalar va xalqaro reytinglardagi
o‘rinlar orqali mamlakatlar yutuqlari tahlil etilgan. Yashil iqtisodiyotning global va
milliy ahamiyati, u orqali kelajak avlodlar uchun sog‘lom va barqaror muhit yaratish
zarurati asoslanadi.
References
1.
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son
2.
S.N. Xashimova. Yashil iqtisodiyot darslik// -T .: “Ma’rifat”, 2024.
3.
Yashil iqtisodiyot: Darslik. /А.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev va boshqalar.
Toshkent.: “Universitet”, 2020. -262 b.