TIRIK ORGANIZM BIOGEN ELEMENTLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Biogen elementlar, tirik organizmlar, foiz ulushi, hayotiy jarayonlar, oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, makro-, mikro- va ultramikroelementlar, energiya almashinuvАннотация
Annotasiya. Tirik organizmlar biogen elementlarga asoslangan tizimlardir.
Ushbu elementlar organizmda biokimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish, hayotiy
jarayonlarni boshqarish va biologik tuzilmalarni shakllantirish uchun zarurdir. Biogen
elementlar, asosan, uglerod (C), vodorod (H), kislorod (O), azot (N), fosfor (P),
oltingugurt (S) kabi asosiy elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ular organizmning
barcha turldagi funktsiyalarini, masalan, energiya muvozanati, hujayra qurilishi va
genetik axborotni saqlash kabi jarayonlarni ta’minlaydi. Ushbu maqolada tirik
organizmlarda biogen elementlarning roli, ularning biologik ahamiyati, ularning
hujayra va to‘qimalarda qanday taqsimlanishi va biologik jarayonlarda qanday
ishtirok etishlari haqida ma’lumot berildi. Biogen elementlarning yetishmasligi yoki
ortiqcha miqdorda bo‘lishi organizmning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin, shuning uchun ularni muvozanatli tarzda saqlash muhim ahamiyatga ega.