TEZIS
Keywords:
Demak, hikoya o‘zi bosib o‘tgan yo‘llari, shuningdek, o‘zi yashayotgan jamiyat odamlari qismati haqida mulohaza yuritishga da’vat etadi.Abstract
Har bir davr o‘zining yangi qarashlari va tamoyillarini yuzaga keltirishi tabiiy hol. Modern ruhidagi asarlarning yuzaga kelishi va birmuncha jonlanishi shuning mahsulidir. To‘g‘ri, modernizm umuman olganda adabiyotda yangi yo‘nalish
emas. U g‘arb adabiyotida allaqachondan beri mavjud. Lekin u o‘zbek adabiyotida yangi tamoyildir. Bizning adabiyotga uning kech kirib kelishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Ob’ektiv sababi shundaki, modern ruhidagi asarlar zamirida
kuchli g‘ayritabiiy psixologik holat yotishi bilan birga, ramziy voqea- hodisa tasvirida, ramziy manzaralarda g‘ayritabiiy olam ifodasida o‘zi yashab turgan jamiyat illatlarini kuchli tanqid ostiga olishi va fosh qilish xarakteri mavjudligi, shuningdek,
uning yuzaga kelish va urchishiga sababchi shaxslarning qiyofasini shafqatsiz ochib tashlash xususiyatiga egaligi. Ma’lumki, totalitar jamiyat bunga yo‘l qo‘ymasdi. Sub’ektiv sabab esa, modernizmning xususiyatini, uning yo‘nalishi va mohiyatini
o‘zlashtirgan ijodkorning yetishib chiqmaganligi. Buning sababi tuzum siyosati va mafkurasiga borib taqaladi. Bizning adabiyotda modernizm mustaqillik arafasida shakllana boshladi. Mustaqillikdan so‘ng ancha rivojlandi, turli xilbahslarga sabab
bo‘ldi. Nasrda modernizm yo‘lini boshlab bergan va eng ko‘p asarlar yozgan Nazar Eshonquldir.
References
.Otaboyev. Shu kunlar nafasi. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, 1990 yil, 23
fevral.
2.
A.Mamarasulov. N.Eshonqul hikoyalari haqida. “O‘zb. adab. va san’ati”, 1996 yil,
29 mart.
3.
4.
5.
Q.Rahmon. Ruh ramzga ko‘chganda. “Vatan”, 1993 yil, 22 sentyabr.
Dovurboyeva N. “Jajman”ning jilvalari. “Yoshlik”, 1991 yil, 5-son.
B.Ro‘zimuhammedov. Nasrimizga befarq qaramayapmizmi?, o‘z AS, 2001 yil. 7
dekabr.
6.
Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam. T.,”Yangi asr avlodi”, 2004 yil.