NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARIDA O’YIN FAOLIYATI ORQALI KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’RGATISH

Authors

  • Abidjonova Mushtariybonu Qobiljon qizi Author

Keywords:

Nutq, mashg’ulot, o’yin faoliyati, mustaqil fikrlash, kreativlik, so’z boyligi, o’zlashtirish, fikrni ifoda etish, tanqidiy qarash, ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish.

Abstract

Ushbu maqolada nutq o’stirish mashg’ulotlarida o’yin faoliyati orqali katta maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish mavzusi, bolalar rivojlanishida muhim ahamiyatga egaligi haqida ko’rib chiqilgan. Katta maktabgacha yoshdagi bola uchun bu davr fikrlash qobiliyatini faollashtirish, o’zini va atrof-muhitni anglash jarayonlarining tezkor rivojlanish davri hisoblanadi. Shuningdek bu davrda bolalar juda ko’p bilim va ko’nikmalarni o’zlashtiradilar va albatta mustaqil fikrlash, turli vaziyatlarga moslashish kabi qobiliyatlarni o’zlarida shakllantiradilar. O’yinlar bolalarning nutqini oshirishda samarali vosita hisoblanadi. Nutq o’stirish mashg’ulotlarida o’yinlar orqali bolalarga erkin fikrlashni o’rgatish, ularni mantiqiy fikr yuritishga, tanqidiy qarashlarni shakllantirishga yordam beradi. O’yin jarayonida bolaning nutqi, so’z boyligi va kommunikativ ko’nikmalari rivojlanadi. O’yinlar orqali 
mustaqil fikrlash va nutqni o’stirish o’zaro bog’liq jarayondir, bu esa bolalarning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

References

Published

2025-04-15

How to Cite

NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARIDA O’YIN FAOLIYATI ORQALI KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’RGATISH . (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 67(2), 364-372. https://scientific-jl.com/obr/article/view/8916